Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Maktabgacha ta’limga qamrov darajasi 74 foizga yetdi
15:24 / 2024-01-22

2023 yilda mamlakatimizda 33 ming 942 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyat ko‘rsatdi. Ularning 6 ming 780 tasi davlat va 27 ming 162 tasi nodavlat (847 ta xususiy, 24 ming 927 ta oilaviy va DXSH asosidagi 1 ming 388 ta nodavlat MTT) maktabgacha ta’lim tashkilotlari hisoblanadi.

Respublikadagi 2 million 930 ming 844 nafar boladan 2 million 169 ming 538 nafari yoki 74 foizi maktabgacha ta’limga qamrab olindi.  

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Maktabgacha ta’lim agentligi axborot xizmati rahbari Mavluda Asqarxo‘jayeva ma’lumot berdi.  

– Bu ko‘rsatkichga erishish uchun o‘tgan yil davomida 182 ta (57 ta yangi qurish va 113 ta rekonstruksiya qilish, 2 ta mukammal ta’mirlash) davlat MTTlarda qurilish ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. 71 ta DXSH asosidagi NMTTlar (7 ming 100 o‘rinli) hamda 4 ming 402 ta (116 ming 998 o‘rinli) oilaviy shakldagi NMTTlar tashkil etildi. 2023 yil davomida 98 ta to‘liq kunlik, 271 ta qisqa muddatli, 428 ta (370 ta xonalarda) majburiy bepul tayyorlov guruhlari tashkil etilishi natijasida jami 711 ming 768 nafar 6 yoshli bolaning 661 ming 945 nafari yoki  93 foizi qamrab olindi, dedi M.Asqarxo‘jayeva.  

Ta’kidlanishicha, maktabgacha ta’lim bilan qamrab olingan 661 ming 945 nafar 6 yoshli bolaning 170 ming 721 nafari 7 ming 490 ta boshlang‘ich ta’limga bir yillik bepul majburiy tayyorlov guruhlariga, 457 ming 8 nafari 9 ming 31 ta to‘liq kunlik tayyorlov guruhlariga, 33 ming 429 nafari 1 ming 337 ta qisqa muddatli tayyorlov guruhlariga, 787 nafari mobil guruhlarga qamrab olingan.  

Jahon banki bilan hamkorlikda “Bolani erta rivojlantirish” loyihasi doirasida Namangan va Samarqand viloyatlarida “Ilk rivojlanish markazlari” 3 ta model bo‘yicha faoliyat ko‘rsatmoqda.  

Bunda, birinchi model (6 yoshgacha qamrab olinmagan bolalari bo‘lgan oilalarga tashrif) bo‘yicha jami 634 nafar bola, ikkinchi model (o‘yin guruhlari) bo‘yicha 861 nafar bola, uchinchi model (sog‘ligi tufayli imkoniyati cheklangan 2 yoshdan 6 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga tashrif) bo‘yicha 87 nafar bola qamrab olingan.  

Mohigul Qosimova, O‘zA