Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Maktabgacha ta’limda sifat va samaradorlik
14:00 / 2024-12-04

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Islom taraqqiyot banki, YUNICYeFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi va “Science and innovation” xalqaro ilmiy jurnali bilan hamkorlikda “Maktabgacha ta’limda sifat va samaradorlik: rivojlanish istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

Konferensiya Islom taraqqiyot banki tomonidan moliyalashtirilgan “O‘zbekistonda sifatli maktabgacha ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi doirasida tashkil etilgan.   

Islom taraqqiyot bankining loyihasi maktabgacha ta’lim tashkilotlarini qurish va jihozlash orqali qamrovni kengaytirishga, mavjud tizimlarni mustahkamlash va salohiyatni oshirish orqali maktabgacha ta’lim sifatini yaxshilashga qaratilgan.  

Anjumandan ko‘zlangan maqsad maktabgacha ta’lim sohasidagi mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat bo‘ldi.  

Shuningdek, u zamonaviy tendensiyalar va istiqbolli yo‘nalishlarni muhokama qilish hamda ilg‘or tajribalarni almashishga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.  

Ishtirokchilar – oliy va professional ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari, maktabgacha ta’lim muassasalari rahbarlari va pedagog kadrlar, ilmiy xodimlar maktabgacha ta’limga sarmoya kiritish bolalar barkamol hayoti boshlanishida muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.  

Maktabgacha ta’lim bevosita ta’lim natijalariga ta’sir qiladi va amaliyot ko‘rsatganidek investitsiyalardan eng yuqori daromad keltiradi.  

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan so‘nggi bir necha yil ichida maktabgacha ta’lim tizimida katta o‘zgarishlar bo‘ldi. Ayni paytda 3-6 yoshli ikki milliondan ortiq bolalar maktabgacha ta’lim tizimi bilan qamrab olingan.  

Maktabgacha ta’limning sifati va samaradorligini oshirish bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.  

N.Usmonova,

O‘zA