Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Maktabgacha ta’lim vazirligining Hay’at yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tdi
19:35 / 2022-06-02

Maktabgacha ta’lim vazirligining Hay’at yig‘ilishida dolzarb masalalar o‘rtaga tashlandi. Dastlab davlat rahbarining tegishli qarorida belgilangan 100 ta DHSH asosidagi NMTT faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar borasida so‘z yuritildi. Vazir birinchi o‘rinbosari B.Onorboyev mazkur yo‘nalishga doir tahliliy taqdimot o‘tkazdi.

Yig‘ilishda MTTlarda ta’lim sifati va pedagoglar malakasini oshirish muhim ekanligi ta’kidlanib, pedagoglarni toifalash yuzasidan foiz kesimida hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar borasidagi o‘rganishlar haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, yig‘ilishda vazir o‘rinbosari N.Muslitdinov tomonidan MTTlarda to‘g‘ri ovqatlanishni tashkil etish dolzarb masala ekanligi, bu yo‘nalishda ko‘plab korrupsiya holatlari aniqlanayotgani, tashkilotlar Brakeraj Komissiyalari belgilangan vazifalarini joyda o‘tamayotgani holatlari uchrayotgani afsus bilan ta’kidlandi. MTTlarda bolalar davomati hamda ayrim NMTTlarga subsidiyalar noto‘g‘ri taqsimlanayotgani aytildi.

Tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tgan yig‘ilishda sohada kadrlarni lavozimlarga tayinlash, MTT direktorlarini vakant joylarda tayinlashda qo‘pol xatoliklarga yo‘l qo‘yilayotgani to‘g‘risida ham so‘z bordi.

Shuningdek, oliy ma’lumotli kadrlarni sohaga jalb qilish borasida yetarli targ‘ibot-tashviqot ishlari hududlar kesimida olib borilmayotganligi, xodimlarni MTTlarga qabul qilishda korrupsion holatlar aniqlanayotganligi achinarli holat, deya baholandi.

Mohigul Qosimova, O‘zA