Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Maktabgacha ta’lim vazirligi va "Zamin" xalqaro jamoat fondi o‘rtasida memorandum imzolandi
16:16 / 2021-04-09

Maktabgacha ta’lim vazirligi va "Zamin" xalqaro jamoat fondi o‘rtasida inklyuziv ta’limni rivojlantirishga oid memorandum imzolandi.

Maktabgacha ta’lim vazirligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, qo‘shma memorandum inklyuziv ta’lim uchun shart-sharoitlar yaratish, nogironligi bor bolalarni qo‘llab-quvvatlash, ularni tiklash, reabilitatsiya qilish va jamiyatda o‘z o‘rnini topish uchun moslashtirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.  

– Eng ko‘p ko‘mak va e’tiborga muhtoj farzandlarimizning hayotini yorqin, qiziqarli, taassurotlarga boy qilamiz, degan umiddaman, – deydi maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin. – Muhimi, bunday bolajonlarimiz sifatli maktabgacha ta’lim olish huquqini ro‘yobga chiqarish imkoniga ega bo‘ladi.

Shuningdek, uchrashuvda ikki tomon vakillari konferensiya, seminar-trening, ko‘rgazma, simpozium va boshqa tadbirlar orqali o‘zaro manfaatli masalalar, turli loyiha va dasturlarni birgalikda amalga oshirish, maktabgacha ta’lim tizimi xodimlarining salohiyatini oshirish bo‘yicha axborot almashdi.

Mohigul Qosimova, O‘zA