Maktabgacha ta’lim vaziri Sirdaryo tumanidagi bog‘chalarni borib ko‘rdi
Maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani "Malik" aholi punktidagi Mudofaa vazirligi omborida yakka tartibda portlash sodir bo‘lgani sababli tumandagi ayrim davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga borib, ularning holatini ko‘zdan kechirdi.
O‘zbekiston Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov, hamda Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofurjon Mirzayev bilan birgalikda zarar yetgan MTTlarni qisman ta’mirlash yuzasidan barcha kerakli choralar ko‘rildi.
Vazir o‘z navbatida bunday holatlarda bolalar xafvsizligini ta’minlash maqsadida barcha ob’ektlarda mutasaddi rahbar va xodimlarga vazifalar belgilab berdi. Vazirlik matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, zarar ko‘rgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarining bino poydevorlari yaxshi holatda, ammo ayrim oyna va romlarga, oynali eshiklarga zarar yetgan.
Xafta davomida barcha kamchiliklar bartaraf etilishi ko‘zda tutilgan.
O‘zA