French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Maktabgacha ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan matbuot anjumani
03:13 / 2022-11-02

FOTOREPORTAJ

Surxondaryo viloyatida maktabgacha ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun matbuot anjumani tashkil etildi.  

Anjumanda maktabgacha ta’lim tashkilotlarining rahbar lavozimi uchun xodimlarni tayinlash va tizimni oliy ma’lumotli kadrlar bilan ta’minlash hamda 2021-2022 yillarda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida amalga oshirilgan qurilish va jihozlash ishlari borasida ma’lumot berib o‘tildi.  

Dastlab maktabgacha ta’lim tizimida amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlar va islohotlarga to‘xtalib o‘tildi. Xususan, islohotlar natijasida viloyatda faoliyat yuritib kelayotgan 2 ming 346 ta maktabgacha ta’lim tashkilotidan 400 tasi davlat, 154 tasi davlat-xususiy sheriklik asosidagi, 1783 tasi oilaviy, 9 tasi xususiy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotini tashkil etmoqda. Viloyatda ayni vaqtda maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar soni 244 ming 134 nafar bo‘lib, ulardan 136 ming 326 nafari bog‘chaga qamrab olingan.

Shuningdek, maktabgacha ta’limning muqobil shakllarini kengaytirish maqsadida viloyatning Qumqo‘rg‘on, Bandixon, Denov, Oltinsoy, Uzun tumanlarining maktabgacha ta’lim tashkiloti mavjud bo‘lmagan olis va chekka hududlarida “Aqlvoy” loyihasi doirasida 5 ta “ISUZU” avtobuslari bazasida 10 ta mahallada mobil bog‘cha faoliyatini yo‘lga qo‘yish orqali 400 nafar bola maktabgacha ta’limga qamrab olindi.  

Ta’kidlanganidek, bolalarga ta’lim berish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tarbiyalanuvchi bolalarning aqliy salohiyatini oshirishga mo‘ljallangan 57 turdagi didaktik materiallar, pedagog va tarbiyalanuvchi bolalar uchun 59 turdagi o‘quv-didaktik qo‘llanmalar va tarqatma materiallar maktabgacha ta’lim tashkilotlariga yetkazib berildi.  

[gallery-9376]

Matbuot anjumanida 2022 yil boshidan buyon viloyatda 35ta davlat MTT lariga kuzatuv kengashlarining tavsiyasi asosida, maktabgacha ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda DMTT direktorlari lavozimiga tayinlangani aytib o‘tildi.  

Maktabgacha ta’lim boshqarmasi tasarrufidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarini oliy ma’lumotli pedagog kadrlar bilan ta’minlashda Termiz davlat universiteti, Termiz pedagogika instituti hamda Denov tadbirkorlik va pedagogika institutlarining “Maktabgacha ta’lim” yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan bitiruvchilarini ishga joylashtirish orqali ta’minlanmoqda.  

Viloyatdagi Davlat MTT larida mavjud jami 6099 nafar pedagogning 2456 nafari (40,2 foizi) oliy ma’lumotli, 3643 nafari (59,8 foizi) o‘rta-maxsus ma’lumotli mutaxassislarni tashkil etadi.  

Anjumanda jurnalistlarga viloyat maktabgacha ta’lim tizimini yanada rivojlantirish, 3-7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrov darajasini oshirish borasidagi ustuvor vazifalarning ijrosi xususida axborot berildi.  

 

 

 

Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA