Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Maktabgacha ta’lim tizimi: sifat va samaradorlik
12:39 / 2023-05-15

Buxoro viloyati Qorako‘l tumanidagi 13-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida innovatsion g‘oyalarni integratsiya usulida qo‘llash va sifatli ta’lim berish” mavzusida respublika o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. Unda respublikamizning qator hududlaridan tajribali tarbiyachilar va maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari, uslubshunoslar, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari, mahalla faollari hamda ota-onalar qatnashdi.

Tadbirda ma’ruza qilgan mutaxassislar bolajonlarimizning shaxs sifatida kamol topishida maktabgacha ta’lim tashkilotlarining uch yo‘nalishida - maktab, mahalla va oila bilan hamkorligi muhimligiga alohida urg‘u berdi. Bu boradagi doimiy hamkorlik rivoji, o‘z navbatida innovatsion g‘oyalardan unumli foydalangan holda integratsiyalashuvini taqozo etadi. Bu qamrovdor jarayonning ko‘pgina qirralari, ilmiy jihatlari, unsur va bosqichlari xususida mahalliy mutaxassislar bilan bir qatorda Namangan, Qashqadaryo, Andijon viloyatlaridan kelgan malakali pedagoglarning shu masalalardagi ma’ruzalari ko‘pchilikda qiziqish uyg‘otdi.

Bundan tashqari, 13-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining tarbiyachilari 5 ta faoliyat markazlarida jajji o‘g‘il-qizlar ishtirokida integratsiya usuli vositasida ochiq ko‘rinishdagi innovatsion mashg‘ulotlar o‘tkazib, o‘quv seminardan ko‘zlangan maqsadni yoritib berdi.

– Qadim Buxoroda o‘tkazilgan seminarda qatnashganimizdan mamnunmiz, – deydi namanganlik pedagog tarbiyachi Turg‘unoy Abdullayeva. – Biz, shu yo‘sin mahalliy hamkasblarimiz bilan tajriba almashdik. Bolalar bog‘chalarida yangicha o‘quv uslublari yuzasidan bilim hamda tushunchalarimizni kengaytirdik. Tabiiyki o‘rganganlarimiz va o‘rgatganlarimiz barchamizning keyingi faoliyatimizda qo‘l keladi. Bunday o‘quv seminarlari tarbiyachi-pedagoglarning mehnat faoliyatini zamonaviy innovatsion texnologiyalar asosida takomillashtirish, kasbiy malakasini oshirish, bolajonlar bilan muloqotni qamrab oluvchi ta’lim-tarbiyadek muhim jarayonda sifat va samaradorlikni yanada oshirishga xizmat qiladi.

 

Zarif Komilov, O‘zA