Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiya olayotgan bolalar qamrovi avvalgi 27 foizdan 67 foizga ko‘tarildi
11:02 / 2022-03-24

Mamlakatimizda ta’lim va inson kapitalini rivojlantirishga alohida e’tibor berilmoqda. Xususan, so‘nggi 5 yilda mamlakatimizda 21 mingdan ortiq yangi maktabgacha ta’lim muassasasi tashkil etilib, ushbu maskanlarda tarbiya olayotgan bolalar qamrovi avvalgi 27 foizdan 67 foizga ko‘tarildi.

Bundan tashqari, 200 ga yaqin yangi maktablar barpo etildi, 3 mingdan ortiq mavjud maktablar esa rekonstruksiya qilindi va to‘liq jihozlandi.

Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumidagi nutqida alohida ta’kidladi.

Shu o‘tgan qisqa davrda 82 ta yangi universitet va institut, jumladan, 23 ta xorijiy oliygoh tashkil etilib, oliy ta’lim dargohlarining umumiy soni 159 taga yetdi.

Natijada, maktab bitiruvchilarining oliy ta’lim bilan qamrov darajasini oldingi 9 foizdan 28 foizgacha yetkazishga erishildi va bu yo‘nalishdagi ishlarimiz davom ettirilmoqda.

 

O‘zA