French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida fransuz tili o‘rgatiladi
14:04 / 2026-01-22

Buxoro viloyatidagi 26 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida fransuz tilini o‘rganish bo‘yicha “Kokoro Lingua” innovatsion platformasidan foydalanish yo‘lga qo‘yildi.

Mazkur tashabbus Xalqaro Frankofoniya tashkilotining 19-sammiti doirasida imzolangan kelishuvlar ijrosini ta’minlashga qaratilgan. Joriy yil yanvar oyidan boshlab Buxoro viloyatidagi 26 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining 65 ta katta va maktabga tayyorlov guruhlarida fransuz tili “Kokoro Lingua” platformasi orqali bepul o‘rgatiladi.

Buxoro davlat pedagogika institutida platformadan samarali foydalanish bo‘yicha mintaqaviy o‘quv seminari tashkil etildi. Mazkur seminarda loyiha koordinatori Nathalie Lesselin, shuningdek, Buxoro va Navoiy viloyatlaridan 120 nafardan ortiq maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor o‘rinbosarlari ishtirok etdi.

Tadbir davomida bolalarni chet tillarga tabiiy, qiziqarli va yosh xususiyatlariga mos metodlar asosida o‘rgatish imkoniyatlari atroflicha yoritildi. Xususan, interaktiv videodarslar orqali kelajagimiz egalarida til ko‘nikmalarini shakllantirish, o‘yin asosida o‘rganish jarayonlarini tashkil etish bo‘yicha taqdimotlar namoyish etildi. 

Tadbir doirasida ishtirokchilar Buxoro shahridagi 5-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, platformadan foydalanish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.