Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Maktabgacha ta’lim tashkilotida ro‘y bergan yong‘in yuzasidan munosabat bildirildi
10:52 / 2021-10-05

Joriy yilning 4 oktyabr kuni soat 14:30 da Samarqand shahridagi Bog‘dod ko‘chasida joylashgan 27-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti oshxonasining tom qismida yong‘in ro‘y bergan, deyiladi Maktabgacha ta’lim vazirligi bildirgan munosabatda.

Ta’kidlanishicha, yong‘in kelib chiqishi sababi binoning tom qismidan o‘tgan elektr tarmog‘ida qisqa tutashuv oqibatida sodir bo‘lgan, voqea joyiga 3 ta yong‘in-qutqaruv guruhi yetib borib, yong‘in bartaraf etilgan.

Hodisa oqibatida faqat oshxonasi tom qismining 25 kvadrat metr maydoni yong‘indan zarar ko‘rgan. Binoning ichki qismiga zarar yetmagan.

Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q, tashkilotning barcha tarbiyalanuvchilari va pedagog-xodimlari binodan o‘z vaqtida evakuatsiya qilingan. Moddiy zarar miqdori 25-30 million so‘mni tashkil etmoqda.

O‘zA