Maktabgacha ta’lim tashkiloti – zamonaviy qiyofada
Termiz shahridagi 30-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining yangi binosi foydalanishga topshirildi.
Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tantanali tadbirda maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ishtirok etdi.
Tadbirda bolajonlar ijrosidagi badiiy chiqishlar namoyish etildi. Ramziy ochilish marosimidan so‘ng vazir tashkilotda kichkintoylar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
Ma’lumot uchun. Mazkur MTT 150 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, joriy yilda Investitsiya dasturi asosida (3 milliard 879 million so‘m mablag‘ sarflangan) kapital ta’mirlanib, chinakam zamonaviy qiyofa kasb etdi.
[gallery-14634]
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA