French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Maktabgacha ta’lim sohasida 75 million AQSH dollarlik maslahat xizmati ko‘rsatish bitimi imzolandi
10:06 / 2022-11-04

Samarqandda bo‘lib o‘tgan forumda ko‘plab vazirlik va tashkilotlar xorijiy davlatlarning yirik moliya institutlari bilan hamkorlik bitimlari imzolandi.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi o‘rtasida byudjetni qo‘llab-quvvatlash loyihasi doirasida qiymati 100 million AQSH dollari miqdoridagi qarz bitimi imzolandi. 
 
Osiyo taraqqiyot banki va “Aloqabank” ATB o‘rtasida revolver kredit bo‘yicha qiymati 20 million AQSH dollari miqdoridagi bitim imzolandi. Qayta tiklanadigan kredit liniyasi Aloqabankning o‘z mijozlariga, shu jumladan, kichik va o‘rta korxonalarga savdo bilan bog‘liq kreditlar berish imkoniyatlarini kengaytiradi. Savdoni moliyalashtirish qisqa muddatli kreditlar va kafolatlarni o‘z ichiga oladi, ya’ni aylanma kredit miqdori yiliga bir necha marta ishlatilishi mumkin. 
 
Shartnomani Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori vazifasini bajaruvchi Enriko Pinali va “Aloqabank” ATB boshqaruv raisi Kammuna Irisbekova imzoladi. 
 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki o‘rtasida “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi yuzasidan qiymati 100 million AQSH dollari miqdoridagi qarz bitimi imzolandi. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi o‘rtasida O‘zbekiston davlat-xususiy sheriklik loyihalarini rivojlantirish jamg‘armasining moliyalashtirish shartlarini kelishish yuzasidan qiymati 20 million AQSH dollari miqdoridagi bitim imzolandi. 
 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi hamda Osiyo taraqqiyot banki o‘rtasida maktabgacha ta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlash loyihasi bo‘yicha qiymati 75 million AQSH dollari miqdoridagi maslahat xizmatini ko‘rsatish bitimi imzolandi. 
 
Dastur mamlakat bo‘ylab 100 ta maktabgacha ta’lim muassasalarini sifatli infratuzilma bilan ta’minlashi kutilmoqda. Bu 3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan 15 ming bola uchun ta’lim markazi bo‘lib xizmat qiladi. 
 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi va Osiyo taraqqiyot banki o‘rtasida Buxoro va Andijon viloyatlarida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida tibbiyot markazlarini tashkil etish loyihasi bo‘yicha qiymati 240 million AQSH dollari miqdoridagi maslahat xizmatini ko‘rsatish bitimi imzolandi. 


 
Sh.Mamaturopova, O‘zA