French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Maktabgacha ta’lim pedagoglari endi o‘z hududida malaka oshiradi
14:52 / 2025-06-27

FOTOREPORTAJ

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida Maktabgacha ta’lim pedagoglari malakasini oshirish markazi faoliyat boshladi.

Yangi markaz ochilishi munosabati bilan tashkil etilgan marosimda BMT Bolalar jamg‘armasi (UNICEF) mutaxassislari, Pedagogik mahorat markazi professor-o‘qituvchilari va tinglovchilari ishtirok etdi.  

Markaz direktori Venera Bekmuratova ishtirokchilarga loyiha doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, pedagog kadrlar malakasini oshirishning transformatsiya jarayoni haqida batafsil ma’lumot berdi.  

Ta’kidlanganidek, muassasa Islom taraqqiyot banki, UNICEF tashkiloti hamda Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi hamkorligida amalga oshirilayotgan “O‘zbekiston Respublikasida sifatli maktabgacha ta’limdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi doirasida tashkil etildi. 

Loyiha doirasida 11 ta shunday markaz tashkil etilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bu kelgusida maktabgacha ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlar hamda direktorlar uchun bevosita o‘z hududida malaka oshirish imkonini beradi.  

[gallery-24069]

UNICEF tomonidan taqdim etilgan zamonaviy texnik uskunalar asosida tashkil etilgan o‘quv, kompyuter va laboratoriya xonalari maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari uchun zarur bo‘lgan nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni yuqori darajada tashkil etish imkonini beradi.

Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA