English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Maktabgacha ta’lim maskanlaridagi nonushtalar "foydali"mi? (+video)
18:37 / 2024-04-02

Ijtimoiy tarmoqlarda bloger tomonidan "Farzandingizni bog‘chaga nonushta qildirib jo‘nating" nomli videolavha tarqatilgan. Ushbu tavsiya qanchalik asosli ekanligi bo‘yicha yurist va Maktabgacha ta’lim agentligi mas’uli tomonidan batafsil izoh berib o‘tildi.

Ma’lumot uchun maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalarning xavfsiz va sog‘lom ovqatlanishini tashkil etish, yuqumli va yuqumli bo‘lmagan kasalliklar profilaktikasi hamda ovqatdan zaharlanishlarning oldini olish choralarini belgilash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachining 2021-yil 17-iyulidagi qarori bilan “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalarni xavfsiz va sifatli ovqatlanishini tashkil etilishiga oid gigiyenik talablar” tasdiqlangan.

Ovqatlantirishni tashkil etishda bola organizmining yoshiga qarab oqsillar, yog‘lar, uglevodlar va vitaminlarga bo‘lgan fiziologik ehtiyojlarini, shuningdek asosiy oziq moddalari o‘rtasidagi nisbatning to‘g‘ri bo‘lishini ta’minlash maqsadida barcha davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi bilan hamkorlikda “Yagona mavsumiy taomnoma” ishlab chiqilib, barcha davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida joriy etilgan.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/3HLWoIOgfyI" title="Maktabgacha taʼlim maskanlaridagi nonushtalar “foydali”mi?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Iroda Qahharova, O‘zA