Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Maktabgacha ta’lim muassasasida kichik kutubxona faoliyat boshladi
18:16 / 2017-10-25

Poytaxtimizning Uchtepa tumanidagi 328-«Xumo» ixtisoslashgan maktabgacha ta’lim muassasasida o‘g‘il-qizlarning kitob o‘qishga qiziqishini oshirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.

Poytaxtimizning Uchtepa tumanidagi 328-«Xumo» ixtisoslashgan maktabgacha ta’lim muassasasida o‘g‘il-qizlarning kitob o‘qishga qiziqishini oshirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.

Mamlakatimizda har tomonlama yetuk, ma’naviyatli, barkamol avlodni tarbiyalash, ularning kitobxonlik madaniyatini oshirish, maktabgacha ta’lim sohasini yanada takomillashtirish borasida samarali ishlar qilinayotgani ta’kidlandi. Bu borada Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 9 sentyabrdagi «Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori muhim dasturilamal bo‘layotir.

Mazkur maktabgacha ta’lim muassasasida ham 174 tarbiyalanuvchining jismonan va ma’nan sog‘lom bo‘lib yetishishi uchun barcha sharoit yaratilgan. Davlatimiz rahbarining shu yil 13-sentabrdagi «Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida»gi qarori ijrosi doirasida bu yerda kichik kutubxona tashkil etilib, unda bolalarga mo‘ljallangan turli qiziqarli kitoblar joylashtirildi.

– Ushbu kutubxonamizda nafaqat tarbiyalanuvchilar, balki tarbiyachilar uchun ham kitoblar bor, – deydi maktabgacha ta’lim muassasasi mudirasi Mohichehra Karimova. – Bu yerdan turli mavzulardagi ertak kitoblar, maqol va topishmoqlar jamlanmasi, ensiklopediyalar, geografiya, tabiat, hayvonot olamiga bag‘ishlangan hamda ingliz va rus tillaridagi kitoblar o‘rin olgan. Shuningdek, ona Vatan, ota-ona va farzand o‘rtasidagi munosabatlar aks etgan, odob-axloq haqidagi psixologik kitoblar ham mavjud. Tarbiyachilarimiz bu kitoblarni bolajonlarga o‘qib berib, mavzularni ular bilan muhokama qilishadi. Bu farzandlarimizning bolaligidanoq kitob mutolaasiga bo‘lgan mehrini orttirib, ilm olishga bo‘lgan intilishini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Bundan tashqari, mazkur maktabgacha ta’lim muassasasida har oyda bir marta «Xumo» nomli kichik jurnalning nashr etilishi yo‘lga qo‘yildi. Unda ushbu muassasa faoliyati haqida maqolalar, bolajonlarning ijodiy ishlaridan namunalar, foydali maslahatlar berib boriladi.

Muassasa tarbiyalanuvchilarining kitobxonlikka oid sahna ko‘rinishlari va kuy-qo‘shiqlari yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.