Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Maktabga kitoblar jamlanmasi sovg‘a qilindi
18:29 / 2024-09-11

Mamlakatimizda iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning o‘z iqtidorlarini to‘laqonli namoyon etishlari uchun keng imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Andijon shahridagi 4- umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi Rayyona Ibrohimova ham ana shu imkoniyatlardan foydalanib, xalqaro miqyosda muvaffaqiyatga erishgan yurtimizning iqtidorli yoshlaridan biri.

Rayyona Ibrohimova joriy yil iyul oyida Germaniyaning Gettingen shahrida bo‘lib o‘tgan Butunjahon nemis tili olimpiadasida birinchi o‘rinni egallab, oltin medal bilan taqdirlangan edi. Ma’lumki, mazkur olimpiada Germaniyaning Gyote instituti tomonidan har ikki yilda bir marta 14 – 17 yoshli o‘quvchilar o‘rtasida o‘tkazib kelinadi. Dunyoning 62 mamlakatidan 106 nafar o‘quvchi ishtirok etgan bu yilgi olimpiadada Rayyona oltin medal sohibasi bo‘ldi. 

[gallery-19219]

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon viloyat kengashi tomonidan qator tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda Rayyona Ibrohimovaning xalqaro miqyosdagi muvaffaqiyati alohida e’tirof etildi. 

G‘olib qizga, u o‘qiyotgan maktab kutubxonasiga O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi tomonidan taqdim etilgan 500 turdagi kitoblar jamlanmasi hamda tashakkurnoma tantanali ravishda topshirildi. 

Shuningdek, tadbirda o‘quvchi yoshlar qalbida vatanparvarlik, ona yurtga muhabbat tuyg‘ularini yanada oshirish maqsadida Andijon shahridagi harbiy qism harbiy orkestr jamoasi hamda faxriy qorovul bo‘linmasining ko‘rgazmali chiqishlari namoyish etildi.

Tadbir o‘quvchi yoshlarda unutilmas taassurotlar qoldirdi. 

F. Ubaydullayev, Z. Umrzoqov (surat), O‘zA muxbirlari