AQSHning Michigan shtatida 15 yoshli o‘quvchi o‘z maktabida o‘t ochib, 3 o‘smirni o‘ldirdi va 8 nafarini yaraladi.
Rasmiylarning ta’kidlashicha, bu joriy yil AQSH maktabida sodir bo‘lgan otishmaning eng halokatlisi bo‘ldi.
Oklend okrugi sherifining ma’lum qilishicha, Oksford o‘rta maktabida darslar ketayotgan payt tushdan keyin sodir bo‘lgan hujumda yana 8 kishi, jumladan 1nafar o‘qituvchi jarohatlangan.
Sherif idorasining xabar berishicha, halok bo‘lganlar orasida 16 yoshli bola, 14 va 17 yoshli qiz bo‘lgan. jarohat olganlardan 6 nafarining ahvoli barqaror, 2 nafari operatsiya qilinmoqda.
Gumonlanuvchi hibsga olindi va yarim avtomatik to‘pponcha musodara qilindi, ammo hujum uchun hozircha hech qanday izoh yo‘q. Maktab Detroytdan taxminan 65 kilometr shimolda joylashgan Oksforddagi kichik shaharchada joylashgan.
– Yaqin insonidan ayrilib qolgan oilalarga hamdardlik bildiraman, – deydi AQSH prezidenti Jo Bayden.