Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Maktabda "Yangi O‘zbekiston bojxonasi" burchagi tashkil qilindi
11:54 / 2022-09-21

Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan Navoiy shahridagi 16-umumta’lim maktabida "Yangi O‘zbekiston bojxonasi" burchagi tashkil qilindi.

Endilikda mazkur burchakdan o‘quvchilar o‘zlarining bojxona sohasi, bojxona organlarining tarkibiy tuzilishi va bojxona qonunchiligi bo‘yicha bilimlarini yanada oshirishda foydalanadi.

– Prezidentimizning 2022 yil 27 apreldagi “Bojxona ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida mazkur maktab bojxona boshqarmasiga biriktirilgan, – deydi boshqarma axborot xizmati boshlig‘i Akbar Rizoqulov. – Qarorning 4-ilovasi bilan “Bojxona organlarini korrupsiyadan holi tizimga aylantirish dasturi” tasdiqlangan bo‘lib, unda Davlat bojxona xizmati organlariga biriktirilayotgan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida bojxona ishi yo‘nalishida ta’lim va tarbiya ishlarini tashkil etish, yoshlarda bojxona sohasiga nisbatan qiziqishni oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilangan. Maktab ma’muriyati bilan yillik reja ishlab chiqilib, o‘quvchilarni bojxona postlariga, aeroportga sayohatlari tashkil qilinmoqda.

Endilikda maktabda tashkil etilgan bojxona to‘garaklari ham zamonaviy jihozlangan bojxona sinflarida o‘tiladi.

 

Abduvali Bo‘riyev, O‘zA