Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Maktabda psixologik trening tashkil etildi
17:56 / 2023-10-15

Xorazm viloyati Xiva shahridagi Prezident maktabida Butunjahon ruhiy salomatlik kuni munosabati bilan psixologik trening bo‘lib o‘tdi.

Maktab psixologlari tomonidan tashkil etilgan trening jamoada ruhiy salomatlikni mustahkamlash, o‘qituvchi va o‘quvchilarni charchoq va stresslardan chiqargan holda jamoaviy birlikni yanada mustahkamlash maqsadiga qaratilgan.  

Treningda maktabning barcha a’zolari guruhlarga ajralgan holda umumiy bir maqsad ostida, ya’ni, turli ruhiy tushkunlik - stressdan chiqish usullarini tasvirlab berishi va o‘zaro fikr almashib bir-biriga o‘xshamagan tavsiyalar berishi lozim edi. Ushbu jarayonda “art terapiya” usulidan foydalanildi. Art terapiya bu - san’at va ijodkorlikdan foydalanishga asoslangan psixoterapiya va psixologik korreksiya yo‘nalishidir.  

[gallery-14039]

Ta’kidlash kerak, bunday treninglar jamoada ish unumdorligini yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Behzodbek SAIDOV (surat).O‘zA