Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Maktabda mo‘’jazgina yashil maydon tashkil etildi
11:32 / 2022-03-03

Prezidentimiz g‘oyasi bilan joriy yilning 1 martidan mamlakatimizda “Yashil yillik” umummilliy loyihasi boshlandi.

Shunga muvofiq Surxondaryo viloyatida ham bahorgi ko‘chat ekish uyushqoqlik bilan davom etmoqda.  Davlat, jamoat tashkilotlari vakillari, nuroniylar va yoshlar bo‘sh yerlarga mahalliy iqlimga mos turli daraxt ko‘chatlarini ekib, yashillik olamini yanada kengaytirmoqda. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Surxondaryo viloyati filiali xodimlari ham mazkur loyihada faol ishtirok etib, Termiz shahrida o‘tgan yil foydalanishga topshirilgan 26-maktab hududiga 50 tupdan ortiq mevali va manzarali daraxt ko‘chatini qadadi. Hududni obodonlashtirib, mojavelnik, povlovniya, olcha singari mevali-manzarali daraxt ko‘chatlaridan iborat yashil maydon barpo etdi.

–Barcha zamonaviy sharoitlarga ega ko‘p qavatli yangi ta’lim muassasasi ayni paytda vohadagi eng yirik maktab sanaladi, – deydi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Surxondaryo viloyati filiali direktori o‘rinbosari Shodmon Misirov. – 1 ming 540 o‘rinli maktabda o‘quvchilarning sifatli ta’lim-tarbiya olishi va kelajakda Vatanimizga munosib kadrlar bo‘lib ulg‘ayishi uchun barcha sharoit mavjud. Ushbu ta’lim dargohida yaratgan mo‘’jazgina bog‘imizdagi yashil boyliklarni bo‘sh vaqtimizda o‘zimiz parvarishlaymiz. Shakl beramiz, sug‘oramiz. Viloyatdagi davlat organlari va tashkilotlarida kadrlar ma’murchiligining zamonaviy ilg‘or usullarini keng joriy etayotgan jamoa shuningdek, o‘zlari otaliqqa olgan Termiz tumanidagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi nisbatan og‘ir M.Eshtemirov nomli mahalla hududidagi bo‘sh turgan yerlarga ham turli daraxt ko‘chatlarini qadamoqda.  

Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yil bahor faslida vohada 10 million donadan ortiq ko‘chat o‘tqazish rejalashtirilgan. Viloyatda 43 million donadan ortiq turli mevali-manzaralari daraxt ko‘chati ekish uchun taxt qilib qo‘yilgan. 


Xolmo‘min MAMATRAYIMOV, O‘zA