Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Maktabda “Art-steam” bog‘i faoliyat boshladi
00:18 / 2025-10-22

Namangan viloyati Davlatobod tumanidagi 58-sonli ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabida yosh avlodni zamonaviy bilimlar bilan qurollantirish, ularning intellektual salohiyatini yanada oshirish, shuningdek, kitobxonlik madaniyatini targ‘ib etish maqsadida “Art-steam” bog‘i tashkil etildi.

Innovatsion ta’limga yo‘l hisoblangan ushbu bog‘ o‘quvchilar uchun ochiq osmon ostida ilm-fan va texnologiyaga qiziqishni shakllantiruvchi, san’at va adabiyotga oshno etuvchi, turli fanlar yuzasidan tajribalar o‘tkazish mumkin bo‘lgan maydonga aylandi. 

Shuningdek, bog‘ ichidagi “book cafe” va “wi-fi” hududi aql egalarining zamon bilan hamnafas bilimlar olishi, o‘z ustida ishlashi, chet tillarini puxta o‘rganishlari uchun zamonaviy, ilmiy, badiiy adabiyotlarni jamlagani bilan ahamiyatli. 

Mazkur loyihalarning umumiy qiymati 200 million so‘m miqdoridagi homiylik mablag‘lari hisobidan amalga oshirilib, yosh avlodning nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlashiga xizmat qilmoqda. 

Bu xayrli tashabbus mamlakatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan “Yangi O‘zbekiston – ma’rifatli jamiyat sari” g‘oyasiga hamohang bo‘lib, o‘g‘il-qizlarning raqobatbardosh, bilimli va tafakkurli bo‘lib kamolga yetishlarida muhim omil bo‘lmoqda.

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA.