FOTOREPORTAJ
Nukus shahridagi “Barkamol avlod” bolalar maktabida Madaniyat va san’at, Texnik konstruktorlik va modellashtirish, Sport, Hunarmandchilik va qo‘l mehnati, Turizm va ekologiya, Oliy ta’lim muassasalari va maktabga tayyorgarlik, Chet tillari kabi 7 ta yo‘nalishda 62 ta to‘garak tashkil etilgan. Ularda 2 ming 345 nafar o‘g‘il-qiz mahorat oshirmoqda.
[gallery-10031]
Muassasada nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni sifatli tashkil etish uchun zarur barcha sharoit yaratilgan.
Bu yerda mahorat oshirayotgan yoshlar mamlakat hamda xalqaro miqyosdagi nufuzli tanlov va festivallarda muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqda. Yakunlanayotgan yilda ham ular qator yutuqlarga erishdi. Xususan, maktab o‘quvchilaridan Nigina Xolbozorova va Gulzoda Ra’nova mental arifmetika bo‘yicha o‘tkazilgan respublika ochiq olimpiadasida sovrinli o‘rinlarni egalladi. 12-15 may kunlari Toshkent shahrida shaxmat bo‘yicha o‘tkazilgan Amir Temur xalqaro turnirida Sanjar Bozorboyev, Asadbek Koshekboyev va Farida Umrzoqova g‘olib bo‘ldi. Ingliz tili to‘garagi a’zolari Indira Bobonazarova va Umida Ibadullayeva esa 11-17 aprel kunlari Rossiya Federatsiyasida o‘tkazilgan “Yuriy Gagarin” onlayn festivalida kosmik diktant yozish bo‘yicha ishtirok etib, maxsus sertifikat bilan taqdirlandi.
Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA