Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Maktab yoshidagi bolalar uchun sog‘lom ovqatlanish tarzi nimalarni o‘z ichiga oladi?
09:40 / 2023-05-17

Mutaxassislarning fikricha, bolaning har tomonlama sog‘lom ulg‘ayishida eng avvalo uning to‘g‘ri ovqatlanishi muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, me’da-ichak kasalliklarining yuzaga kelish xavfi bolaning 6-7 yoshida bir muncha yuqori sanaladi.

Xo‘sh, maktab yoshidagi bolalarning sog‘lom ovqatlanishini tashkil etishda qanday qoidalarga amal qilish zarur?  

Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshkarmasi tashabbusi va hamkor tashkilotlar bilan birgalikda  “Hududlardagi maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom va xavfsiz ovqatlantirishni tashkil etish” mavzusida o‘quv-seminari tashkil etildi.  

Qayd etilishicha, maktab yoshida kundalik taomlanish shunday taqsimlanadiki, bunda tushlik hajmi jihatdan ko‘proq va quvvat qiymati yuqoriroq bo‘ladi. Bog‘chalarda nonushta asosan sabzavotli salatlar va issiq ovqatdan iborat bo‘lmog‘i lozim. Bunda bolaga tortiq qilinadigan taomnoma bo‘tqa, kartoshka va sabzavotli aralashmalar, qaynatilgan tuxum, tvorog, sut, sutli qahva, sutli kakaodan iborat bo‘lishi mumkin.  

Maktab yoshidagi bola organizmi uchun sabzavotlar tarkibidagi kletchatka, mevalar tarkibidagi mavjud vitaminlar va makroelementlar, go‘sht mahsulotlaridagi oqsil, baliqdagi juda mo‘l bo‘lgan fosfor, sut mahsulotlarida mavjud kalsiy juda zarur hisoblanadi.  

Seminarda tarbiyalanuvchilarning bir kunlik ovqatlanish ratsioni, ovqat tayyorlash texnologiyalari, taomnoma tayyorlash, ovqatni iste’molga berish jarayonida amalga oshirilishi shart bo‘lgan tartib va qoidalar to‘liq amalda ko‘rsatilib, tushuntirib berildi.  

Bolalar kuniga kamida 4 marta ovqatlanishi va bunda yodlangan tuzning ishlatilishi, suv ichish rejimiga amal qilish va ovqatlanish ratsioni  vitaminlarga boy bo‘lishi lozim ekanligi ta’kidlandi.  

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA