French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Maktab yangicha qiyofa kasb etmoqda
10:38 / 2025-10-16

FOTOREPORTAJ

Yangi Namangan tumanidagi 60-umumta’lim maktabida kapital ta’mirlash va rekonstruksiya ishlari yakuniy bosqichga kirdi. Ta’mirlash doirasida asosiy bino, sinf xonalari, sport zali, hovli va yozgi sport maydoni tubdan yangilandi, zamonaviy o‘quv muhiti uchun barcha shart-sharoitlar yaratilmoqda.

Loyiha doirasida yo‘l harakati qoidalarini o‘rgatishga mo‘ljallangan maxsus xona, workout maydoni va 360 gradusli kuzatuv kameralari o‘rnatilishi ko‘zda tutilgan. Bu esa o‘quvchilarning bilim olishi bilan birga, ularning xavfsizligini va sog‘lom turmush tarziga amal qilinishini ta’minlashga xizmat qiladi.

[gallery-25753]

Jami 15 milliard so‘m yo‘naltirilgan mazkur loyiha orqali nafaqat ta’lim jarayoni samaradorligining oshirish, balki o‘qituvchi va o‘quvchilar uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish rejalashtirilgan.

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA