Maktab yangi qiyofada foydalanishga topshirildi
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Davlatobod tumanidagi 95-umumta’lim maktabi yangi qiyofada foydalanishga topshirildi. Investitsiya dasturi doirasida 10 milliard 691 million so‘m evaziga 660 o‘rinli zamonaviy o‘quv binosi qurilib, mavjud 280 o‘rinli binoda kapital ta’mirlash ishlari olib borildi.
[gallery-22453]
Zamon talablariga mos ravishda jihozlangan maktabning ochilish marosimi tantanaga aylandi. Unda ishtirok etgan jamoatchilik vakillari, ota-onalar yurtimizda ta’lim sifati va imkoniyatlarini oshirishga qaratilgan sa’y-harakatlar o‘zining amaliy natijasini berayotganini mamnunlik bilan ta’kidladilar.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA