Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Maktab to‘garaklariga soha mutaxassislari jalb qilinadi
18:33 / 2022-09-21

Har bir sohaning o‘z bilimdoni, mutaxassislari bilan yaqin hamkorlik o‘rnatish, tajribalarini o‘rganish, imkoniyatlaridan samarali foydalanish, ayniqsa, yosh yigit-qizlarimiz uchun har jihatdan foydalidir. Ayni shu maqsadda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti hamda Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Memorandumni universitet rektori B.Mahkamov va Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi direktori S.Mahmudova imzoladi.

— Memorandum doirasida "Barkamol avlod" bolalar maktablari to‘garak a’zolari uchun Toshkent Axborot texnologiyalari universitetida muntazam ravishda ochiq eshiklar kunlari tashkil qilinadi, — deydi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi direktori S.Mahmudova. — Soha mutaxassislari va talaba yoshlar to‘garak a’zolari uchun qisqa muddatli amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish, jahon amaliyotidagi tajribalarni o‘rgatish, texnika, konstruktorlik va modellashtirish yo‘nalishlarida ko‘rik-tanlov va musobaqalar o‘tkazish uchun jalb qilinadi.

Bundan tashqari, "Barkamol avlod" bolalar maktablaridagi iqtidorli o‘quvchilarni rag‘batlantirish maqsadida "TATU Barkamol open" chellenji tashkil etishga kelishib olindi.

M.Komilova, O‘zA