Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Maktab ta’limiga yangicha yondashuv
18:27 / 2024-02-23

Davlatimiz rahbarining “Maktab – ota-ona – mahalla” zanjirini mustahkamlash borasida belgilab bergan ustuvor vazifalarning amaliy ijrosiga qaratilgan manzilli ishlar Sirdaryo viloyatida davom etmoqda.

Viloyat yoshlar markazi binosida bo‘lib o‘tgan mazkur uchrashuvda viloyat hokimi A.Mahmudaliyev, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Jo‘rayev, sektorlar rahbarlari, viloyatning sohaga oid mutasaddilari, maktab direktorlari va o‘qituvchilar, inspektor-psixologlar, ota-onalar va mahalla faollari, shuningdek, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. 

Uchrashuvda viloyat hokimi va Milliy gvardiya qo‘mondoni maktablardagi ta’lim-tarbiya yo‘nalishidagi ustuvor vazifalarga e’tibor qaratdi. Xususan, yillar davomida ta’lim-tarbiya va davomat bo‘yicha yig‘ilib qolgan muammolar tahlil qilinib, sohaga oid xorijiy tajribalardan misollar keltirilgan holda, bu kabi masalalar faqatgina o‘qituvchilarning tizimga yangicha yondashuvi, ota-onalar va mahalla faollari, shuningdek, jamoatchilik mas’uliyatini oshirish orqali yechimi hal bo‘lishi mumkinligi ta’kidlandi. 

Sardoba tumanidagi 16-maktab direktori Z.Nishonov va Guliston shahridagi ixtisoslashtirilgan maktab-direktori G‘.Bozorov haqiqatdan ham maktablarda ta’lim-tarbiya va darslardagi davomat masalasi og‘riqli nuqtaga aylanib qolganligi va bu yo‘nalishga Yurtboshimiz tomonidan o‘z vaqtida qaratilgan e’tibor, bugungi kunda Milliy gvardiya ko‘magida o‘z samarasini berishi ta’kidlandi. Shuningdek, ta’lim-tarbiya yo‘nalishidagi mavjud kamchiliklar va ularning yechimiga doir takliflarni o‘rtaga tashlab, hamkasblari bilan o‘z tajribalarini o‘rtoqlashdi. 

[gallery-16118]

Mazkur yo‘nalishdagi mavjud kamchiliklar, ayniqsa, yuqori sinf o‘quvchilarining davomati bilan bog‘liq masalalar muhokama qilinib, ularning yechimi yuzasidan o‘qituvchilar va ota-onalarning fikr-mulohazalari tinglandi. Xususan, Guliston shahridagi 6-maktabda farzandlari tahsil olib kelayotgan M.Usmonova va Guliston shahridagi 9-maktab ota-onalar qo‘mitasi raisi U.O‘roqov tayyorlov o‘quv markazlariga dars vaqtida borayotgan farzandlar va bunga ko‘nikma hosil qilayotgan ota-onalar haqida, shuningdek, maktablar atrofida turli buyumlarni sotib yuruvchi ayrim fuqarolar to‘g‘risida gapirishib, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlarga chek qo‘yish kerakligi to‘g‘risida o‘z takliflarini bildirdi. 

Maktablardagi mutaxassis psixologlar ham muloqotda faol ishtirok etishdi. Guliston shahridagi 15-maktab psixologi D.Rayimova so‘nggi paytlarda ushbu yo‘nalishga qaratilayotgan e’tibordan mamnun ekanligini ta’kidlab, o‘z o‘rnida katta mas’uliyat his qilayotganligini ma’lum qilgan holda maktabdagi psixologlarning malakasini oshirish borasidagi o‘quv qurslarini tashkil etishda, shuningdek, o‘quvchilarni ota-onalari bilan psixologik treninglar o‘tkazishda amaliy yordam ko‘rsatilishi bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdi. 

Sayxunobod tumanidagi 34-maktab psixologi N.Do‘stnazarova esa maktab o‘quvchilari bilan psixologik soatlar o‘tkazilishini kengaytirish masalasini ko‘tarib, uning afzalliklari bo‘yicha fikr-mulohazalarni bildirdi. Milliy gvardiya Psixologik ta’minlash markazi boshlig‘i I.Arifxodjayeva so‘zga chiqib, uchrashuv mobaynida ko‘tarilgan o‘quvchilar bilan bog‘liq muammoli masalalar va ularning yechimi yuzasidan o‘z fikrlarini bildirib, farzandlarning jamoat joylaridagi xatti-harakatlari oilaviy muhit bilan bog‘liq ekanligi to‘g‘risida psixologik tushunchalar berib o‘tdi. 

Savol- javoblar va fikr-mulohazalarga boy bo‘lgan mazkur uchrashuv so‘nggida viloyat hokimi va Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘z xulosalarini bildirib, sohaga oid hamkorlik yuzasidan bir qator masalalarda kelishib olindi va tegishliligi bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berildi. 

Sh. Suyarov, Sh.Ortiqboyev (surat), O‘zA muxbirlari