Ayni paytda barcha maktab o‘quvchilari yozgi ta’tilni maroqli o‘tkazmoqda. Maktablar qoshida tashkil etilgan oromgohlar ham o‘quvchilar bilan gavjum.
Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani Yangi Batosh mahalla fuqarolar yig‘inidagi 71-umumiy o‘rta ta’lim maktabi joriy yilning mart oyida davlatimiz rahbarining viloyatga tashrifi chog‘ida faoliyat boshlagan edi.
Maktab 2022-2023 o‘quv yilini 485 nafar o‘quvchilar bilan yakunladi. Hozirgi kunda maktabda “Yoz – o‘tmoqda soz” shiori ostida yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi tashkil qilingan. Bu yerda 8 turdagi, jumladan, kitobxonlik, sog‘lom bolajon, kompyuter savodxonligi, ingliz tili, tikuvchilik, sportning shaxmat – shashka, futbol, gimnastika to‘garaklarida 130 nafar o‘quvchi yoshlar jalb qilingan.
[gallery-12516]
Ta’kidlash lozimki, 71-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘tgan davr mobaynida ta’limni rivojlantirish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda zamonaviy maktab bitiruvchisi bitta kasb va kamida 2 xorijiy tilni mukammal bilishi hisobga olinib, maktabda ingliz tili bilan birgalikda fransuz tilini o‘rganishga ham keng imkoniyatlar yaratilgan. Maktabda Qarshi davlat universitetining fransuz tili va adabiyoti kafedrasi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilib, mazkur universitetning professor o‘qituvchilari o‘quvchilarga fransuz tilidan saboq berib kelmoqda.
Viloyatning “Ishga marhamat” monomarkazi bilan hamkorlik o‘rnatilib, maktabda 9 kasb, jumladan, santexnik, elektrik, zargarlik, erkaklar sartaroshi, ayollar sartaroshi, tikuvchilik, qandolatchilik, IT texnologiyalar kabi o‘quv ustaxonalari tashkil qilingan va o‘quvchilar darsdan so‘ng ushbu to‘garaklarga qatnashib, hunar o‘rganish bilan bir qatorda o‘quvchilarga qo‘shimcha mablag‘ topish imkoniyati yaratilmoqda.
Maktabda kasb-hunar o‘rgatayotgan ustalar tuman mahalliy byudjetidan oylik maoshi bilan ta’minlab borilmoqda. Ustalar nafaqat o‘quvchilarga balki, mahallalardagi uyushmagan yoshlarga ham kasb-hunar sirlarini o‘rgatib kelmoqda.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/ccdJ6XNEY7U" title="Мактаб оромгоҳлари ўқувчилар ихтиёрида" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>Maktabda tahsil olayotgan o‘quvchilar nafaqat tuman, viloyat yoki Respublika balki xalqaro fan olimpiadalari, sport musobaqalarida ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritmoqda.
Hozirgi kunda maktabda tashkil etilgan 18 sinfda 484 (258 nafar qiz bola) nafar o‘quvchi tahsil olmoqda. Ularga 31 nafar oliy va birinchi toifali pedagoglar ta’lim-tarbiya bermoqda.
– Maktabda yaratilgan sharoitlarni ko‘rgan ota-onalar, o‘quvchi va o‘qituvchilar yurtimizda olib borilayotgan ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlardan minnatdor, – deydi maktabning ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Orziqul Xudoyqulov. – Shu bilan bir qatorda maktabning barcha o‘quvchilari dars mashg‘ulotlaridan keyin 19 turdagi fan va sport to‘garaklariga jalb qilingan. Hozirgi kunda maktabimizda 60 KVt li quyosh panelli batareyalar o‘rnatilgan, elektr energiya sohasida uzilishlar bo‘lib qolgan vaqtda, maktab ma’muriyati Yangi Batosh mahalla fuqarolar yig‘ini bilan shartnoma tuzgan holda aholiga elektr-energiya yetkazib berib, byudjetdan tashqari mablag‘ topish ham yo‘lga qo‘yilgan.
O‘lmas Barotov, Jamshid Norqobilov (surat) O‘zA.