Maktab o‘quvchisi sumkasidan to‘pponcha topildi
Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Jamoat tartibini saqlash xizmatining ko‘rsatmasi asosida joriy yil 28-29 aprel kunlari barcha umuta’lim muassasalarida Yoshlar ishlari agentligi va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda “Tig‘” va “Davomat” profilaktik reyd tadbirlari o‘tkazildi.
Buxoro viloyatida o‘tkazilgan reyd davomida ayrim maktab o‘quvchilarining sumkalarida ta’limga daxldor bo‘lmagan buyumlar ham borligi aniqlandi. Jumladan, shahardagi 39-son ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi sumkasida gaz balon asosida ishlatiladigan to‘pponcha olib yurganligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirildi.


Zarif Komilov, O‘zA