Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Maktab o‘quvchilarining "Jismoniy tayyorgarlik darajasi" qanday?
10:42 / 2023-12-04

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash bo‘yicha sport sinovlarini tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarorining qabul qilinishi ayni mudao bo‘ldi.

Xalq salomatligini mustahkamlash orqali jamiyatda sog‘lom turmush tarzi tamoyillarini qaror toptirish Yangi O‘zbekiston tamoyilining ustuvor vazifalaridan biri sanalishi mazkur sport sinovlari umumiy o‘rta ta’lim maktablari tizimida ham joriy etilishida yorqinroq aks etdi. 

"Jismoniy tayyorgarlik darajasi" sport sinovlari o‘quvchilar o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish orqali ularda harakat faolligini takomillashtirish, mehnatga layoqatni oshirish, zararli odatlar hamda turli kasalliklarning oldini olish va sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilganligi bilan ahamiyatli bo‘lmoqda.

Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamkorligida Respublikamiz bo‘ylab umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9 va 11-sinf o‘quvchilaridan «Jismoniy tayyorgarlik darajasi» sport sinovlari qabul qilindi.  

Mamlakatimizdagi mavjud 416 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi 9 365 nafar o‘quvchilardan ixtiyoriy talablar bo‘yicha, sport maktablarida 3 347 nafar o‘quvchilardan ixtiyoriy talablar hamda 3 680 nafar o‘quvchilardan maxsus talablar bo‘yicha sport sinovlari qabul qilindi.

Ixtiyoriy talablar bo‘yicha sport sinovlarini topshirgan o‘quvchilardan 676 nafari I darajani, 4 899 nafari II darajani, 5 810 nafari III darajani qayd etgan bo‘lsa, 1 327 nafar o‘quvchilar sport sinovlari meyorlarini bajara olmaganligi kelgusida qilinishi kerak bo‘lgan ishlar ko‘lamini ko‘rsatib berdi.

Rejaga binoan, "Jismoniy tayyorgarlik darajasi" sport sinovlari 2024 yil mart-aprel oylarida yurtimizdagi barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchi-yoshlaridan qabul qilinishi nazarda tutilmoqda.  

 

T. Ro‘ziyev, O‘zA