Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Maktab o‘quvchilari va mahalla yoshlari o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi"ning ikkinchi mavsumi boshlandi
16:44 / 2023-09-11

Olimpiada jarayonida maktab o‘quvchilari mini futbol, voleybol, shaxmat, shashka, stol tennisi, yengil atletika, quvnoq startlar musobaqalarida ishtirok etmoqda.

Shuningdek,15 sentyabrdan mahalladagi yoshlar shaxmat, milliy kurash, voleybol, gimnastrada sport musobaqalari, “Milliy va zamonaviy cholg‘u ijrochiligi” va “Yosh kitobxon” tanlovlari g‘olib va sovrindorlari bo‘lish imkoniyatini qo‘lga kiritadilar.  

An’anaviy tarzda tashkil etilayotgan “Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2023 yil ikkinchi mavsumida ishtirok etish uchun bugungi kun holatiga jami 5 million 555 ming 239 nafar o‘g‘il-qiz ro‘yxatdan o‘tdi.  

Shundan mahalla yoshlari o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan loyihalarda ishtirok etish istagini bildirgan yoshlar 4 million 377 ming 245 nafar, maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi loyihalarga qiziqish bildirib elektron ro‘yxatdan o‘tgan o‘quvchi-yoshlar soni 1 million 117 ming 994 nafarni tashkil etmoqda.    

Olimpiada davomida o‘quvchilarning intellektual salohiyatini oshirish maqsadida “Zakovat” intellektual o‘yinlari tashkil etish hamda yoshlarda sahna madaniyatini shakllantirish va iste’dodini yuzaga chiqarish uchun “Quvnoqlar va zukkolar” tanlovini o‘tkazish belgilangan.    

  

 Gulnoza Boboyeva, O‘zA