Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Maktab o‘qituvchilari va bog‘cha tarbiyachilari bepul sog‘lomlashtiriladi
15:53 / 2023-06-12

Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, joriy yilning 1 iyulidan 1 avgustigacha “O‘qituvchi va murabbiylar salomatligi oyligi” aksiyasi tashkil etiladi. Bu davrda ta’lim sohasi xodimlari – maktab o‘qituvchilari va bog‘cha tarbiyachilari profilaktik va chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar hamda skriningdan o‘tkaziladi.

Tibbiy tekshiruv natijalariga muvofiq, aniqlangan kasalliklar bo‘yicha davlat ko‘magida ularning salomatligini tiklash va mustahkamlash choralari ko‘riladi.  

Ta’kidlanishicha, tibbiy xizmatga ehtiyoji bor kontingent ro‘yxati shakllantirilib, ular yoshi, jinsi va salomatlik holatidan kelib chiqib, tegishli guruhlarga ajratiladi. Shundan so‘ng maxsus tibbiy brigadalar tomonidan profilaktik va chuqurlashtirilgan tekshiruvlardan o‘tkaziladi.  

Tibbiy ko‘riklar yakunida hayotida ilk bor surunkali kasallik aniqlanganlar dispanser nazoratiga olinib, individual sog‘lomlashtiriladi. O‘tkir va surunkali xastaliklar qayd etilgan bemorlardan bir guruhi birlamchi bo‘g‘indagi kunduzgi shifoxonalarda ambulator sharoitda, statsionar yordamga muhtoj qatlam esa tuman, shahar hamda viloyat miqyosidagi tibbiyot muassasalarida davolanadi. Yuqori texnologik ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamga ehtiyoji bor bemorlarga viloyat va respublika muassasalariga imtiyozli yo‘llanmalar taqdim etiladi.  

Sh. Mamaturopova, O‘zA