Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Maktab maslahatchisi lavozimiga test sinovlari o‘tkazildi
12:38 / 2026-01-16

Poytaxtimizda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan maktab maslahatchisi lavozimiga test sinovlari tashkil etildi.

Jarayonlar respublikaning 14 ta hududida markazlashgan holda, tanlov.uzedu.uz platformasi orqali real vaqt rejimida (onlayn) o‘tkazildi.  

Unda 3400 ta maktab maslahatchisi lavozimi uchun arizalari muvaffaqiyatli qabul qilingan  10 ming nafardan ortiq talabgor ishtirok etdi.

Test sinovlari 30 ta savoldan iborat bo‘lib, yuqori natija ko‘rsatgan talabgorlar navbatdagi bosqich – suhbat jarayoniga tavsiya etiladi.  

[gallery-27151]

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 8 sentyabrdagi tegishli qarori asosida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Kelajak” markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, “Kelajak” markazlarining umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida vertikal tizimini joriy etish, o‘quvchilar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha maktab maslahatchisi lavozimi joriy etildi.  

Maktab maslahatchisining asosiy vazifalari “Kelajak” markazlarining to‘garaklari faoliyatini tizimli yo‘lga qo‘yish,  loyihalar, klublar va debatlar orqali yetakchilik va tashabbuskorlik ko‘nikmalarini shakllantirish, madaniyat, san’at, kitobxonlik, sport va ekologik loyihalarni tashkil etishdan iborat. Shu bilan birga maktab maslahatchilari 7-9-sinf o‘quvchilarini kasbga yo‘naltirish, ularni xalqaro oliygohlarga tayyorlashda ko‘maklashishga ham faol hissa qo‘shadi.

N.Usmonova,  

Nosirjon Haydarov (suratlar),  

O‘zA