Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Maktab maslahatchisi kim va farzandlarimizga nima bera oladi?
12:30 / 2025-09-10

Maktablarda o‘quvchilarning qiziqishlari va iste’donini qo‘llab-quvvatlash orqali bolalarning yangi qirralarini kashf etish mumkin. Endilikda, shu yo‘nalishlarni hisobga olgan holda markazlarning umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida O‘quvchilarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha maktab maslahatchisi lavozimi joriy etiladi.

Ularning asosiy vazifalari umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturi mazmunini yoritish, unda nazarda tutilgan g‘oya va maqsadlarni o‘quvchilar o‘rtasida keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni yo‘lga qo‘yish, umumta’lim tashkilotlarida “Kelajak” markazlarining tarmoq to‘garaklari faoliyatini tizimli tashkil etishdan iborat.

Shuningdek, maslahatchilar o‘quvchilardagi kommunikativ va tashkilotchilik qobiliyatini muslahkamlash, ularda media va raqamli savodxonlikni shakllantirishga ko‘maklashadi.

Maktab maslahatchisi lavozim maoshi umumiy o‘rta ta’lim tashkiloti direktori o‘rinbosari lavozim maoshiga tenglashtiriladi, menejerlik sertifikatiga ega bo‘lgan maktab maslahatchilariga 2026 yil 1 sentyabrdan boshlab sertifikatning amal qilish muddati davomida lavozim maoshiga tegishlicha har oylik 30 foiz miqdorida qo‘shimcha ustamalar to‘lanadi. Bunda 10 ming 146 ta maktabda bir nafardan maslahatchi faoliyat yuritadi. 

Maktablardagi qobiliyatli o‘quvchilarning iste’dodini ro‘yobga chiqarish, ularning iqtidorini rivojlantirish, to‘garak va klublarga jalb etish bo‘yicha “Maktab maslahatchisi” lavozimi joriy etilayotgani ham masalaga katta yechim bo‘lishi tabiiy. Uzluksiz ta’lim tizimidagi ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi ushbu o‘zgarishlar, o‘quvchi-yoshlarni milliy qadriyatlarga sodiq, vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda albatta o‘z samarasini beradi.

Dildora DO‘SMATOVA

O‘zA