Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Maktab loyihasiga 100 million so‘m berildi
07:48 / 2023-02-17

Sirdaryo viloyati Yangiyer shahridagi 9-umumta’lim maktabiga "Baxtli maktab" loyihasi uchun 100 million so‘mlik vaucher taqdim etildi.

Yangiyer shahar sektor rahbarlari yoshlar bilan uchrashdi. 100 nafardan ortiq faol yoshlar ishtirok etgan uchrashuvda yoshlarning taklif va mulohazalari eshitildi, ularning t’lim, sport, tadbirkorlik, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa sohalardagi muammo va takliflarini hal etish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi. Xususan, O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali talabasi D.Bozorova va talaba M.Sattorqulovaga to‘lov shartnomasi xarajatlari qoplab beriladigan bo‘ldi.

Uchrashuv so‘ngida ko‘zga ko‘ringan yutuqlarga erishgan bir guruh iqtidorli yoshlarga esdalik sovg‘alari topshirildi. Shuningdek, shahar Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 9- umumta’lim maktabiga "Baxtli maktab" loyihasi uchun 100 million  so‘mlik vaucher taqdim etildi. Bundan tashqari, shahar hokimi tomonidan mahallalardagi yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishi, sog‘lom turmush tarzini yaratgan holda ommaviy sportga jalb qilish maqsadida sport anjomlari uchun vaucherlar taqdim etildi. 

Yangiyer shahrida o‘tgan davr mobaynida yoshlarga oid davlat siyosati sohasida olib borilgan ishlar, amalga oshirilgan islohotlar to‘g‘risida ma’lumot berilgan uchrashuvda, yoshlarga yanada qulay sharoitlar yaratishda amaliy yordam ko‘rsatilishi ta’kidlandi. Tadbir yakunida yig‘ilganlar e’tiboriga teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

Shuningdek, shahardagi mahalla yoshlari o‘rtasida voleybol bo‘yicha “Viloyat kubogi” musobaqasining shahar bosqichi o‘tkazilib, ilk uchta o‘rinni egallagan mahalla jamoalariga esdalik sovg‘alari topshirildi.

 

Shuhrat Suyarov, O‘zA