English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Maktab kutubxonalariga ziyo ulashib...
08:41 / 2022-02-05

Maktab kutubxonalarining haqida gap ketganda, goh tanqid qilinadi, goh alohida e’tirof etiladi.

O‘zA saytida ham «Maktab kutubxonalarida nima gap?» sarlavhali maqola e’lon qilingandi. Unda kutubxonalardagi kitoblar soni, badiiy adabiyotlarga qiziqishi haqida gap borgandi. Ahvol aytarli darajada yaxshi emas. Kutubxonalarda badiiy asarlar kam edi. 2020 yildan buyon O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan mamlakatimizda mavjud maktablarga kitoblar taqdim etish yo‘lga qo‘yildi. Ushbu an’ana poytaxt maktablaridan tortib, chekka-chekka hududlarda joylashgan ma’rifat maskanlariga qadar yetib borayotgani quvonarli.

Mamlakat rahbari Shavkat Mirziyoyev boshchiligida 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida maktab ta’limini rivojlantirish masalalari bo‘yicha belgilangan maqsadlar va 28 yanvar kuni maktab ta’limini rivojlantirish masalalari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektr yig‘ilishida belgilangan vazifalar bandida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasiga ham qator maqsadli topshiriqlar ko‘rsatib o‘tildi.

Xususan, unda maktablarda, ta’lim muassasalarida yoshlarni kitobxonlikka jalb qilish, adabiyotga qiziqtirish, ular o‘rtasida mushoira kechalarini tashkil qilish, kutubxonalarni badiiy kitoblar bilan boyitib borish keltirilgan.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan poytaxtimizning Chilonzor tumanidagi 202-sonli umumta’lim maktabi kutubxonasiga badiiy kitoblar topshirish marosimi o‘tkazildi.

Kitoblarni uyushma vakillari Shodi Otamurod, Fozil Farhodlar maktab ma’muriyatiga taqdim etdi.

Mazkur maktab kutubxonasida shu paytga qadar jami 1728ta kitob bor edi. Shundan 964tasi badiiy adabiyotlar. Endi kutubxona fondi Yozuvchilar uyushmasi tomonidan chop etilgan 36 nomdagi 250 dona badiiy-adabiy kitob bilan boyidi.

Ma’lumki, Yozuvchilar uyushmasi bir necha yildan buyon «Kitob karvoni» loyihasi doirasida respublika bo‘ylab, umumta’lim maktablari, ta’lim dargohlarining kutubxonalariga badiiy adabiyotlar yetkazib bermoqda. Bu esa yoshlarni yangi adabiyotlar bilan tanishishlarida, kitobxonlik madaniyatini, bilim darajasini yuksalishida, ijodga bo‘lgan qiziqishini ortishida muhim ahamiyatga ega.

bugungi o‘tkazilgan tadbir ham ushbu maktab o‘quvchilarini o‘qib-o‘rganishlarida, badiiy adabiyot olami bilan hamnafas bo‘lishlarida ulkan ko‘prik vazifasini o‘taydi.

Bu yangi asarlar maktabning 76 nafar pedagog kadrlari va 1053 nafar o‘quvchisining tafakkurini boyitishga xizmat qiladi.

D. Mamatova, O‘zA