“Maktab kadrlar fabrikasi”
Sirdaryo viloyati Xovos tumanida “Maktab kadrlar fabrikasi” shiori ostida bitiruvchilarni oliy oʻquv yurtlariga, oʻquvchi va maktablarni yangi oʻquv yiliga tayyorlash masalalariga bagʻishlangan oʻquv-seminari oʻtkazildi.

Karantin qoidalariga rioya qilingan holda oʻtgan tadbirda viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi, Davlat test markazi viloyat boʻlimi rahbar va vakillari, tuman va shahar xalq taʼlimi boʻlimlari mudirlari hamda Xovos tumanidagi barcha umumiy oʻrta taʼlim maktablari direktorlari va ularning ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari ishtirok etdi.
Xovos tumani misolida tashkil etilgan oʻquv-seminarda kun tartibidagi masala yuzasidan tuman XTB mudiri F.Xudoynazarovning hisoboti tinglandi. Seminardan soʻng viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻi A.Abdurahmonov hamda Davlat test markazi viloyat boʻlimi vakili J.Mamanazarov bitiruvchi yoshlar bilan uchrashdi. Oʻquv yilini tamomlagan aʼlochi oʻquvchilarga faxriy yorliq hamda esdalik sovgʻalari topshirildi.