Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Maktab-internat o‘quvchilariga xursandchilik ulashildi
10:09 / 2025-12-04

Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugining Nukus garnizonidagi harbiy qismi tomonidan Nukus shahridagi “Nurli makon” maktab-internatida xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi.

Imkoniyati cheklangan insonlarga e’tibor qaratish, ularning ijtimoiy hayotdagi o‘rni, qadr-qimmati va imkoniyatlarini yuksaltirish maqsadida mehr-muruvvat, insonparvarlik va vatanga sadoqat ruhi uyg‘unlashgan tadbirda so‘zga chiqqanlar bugungi kunda yoshlarga yaratilgan keng imkoniyatlar, barcha sohalarda ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan e’tiborga to‘xtalishdi. Ushbu imkoniyatlardan samarali foydalanayotgan yoshlarning  qo‘lga kiritayotgan yutuqlari alohida e’tirof etildi.

Tadbirning badiiy qismida faxriy qorovul saf tortishlari, qo‘l jangi ustalari tomonidan o‘tkazilgan ko‘rgazmali jangovar chiqishlar yoshlar qalbida jasorat va qat’iyatga bo‘lgan ishtiyoqni yanada oshirdi.

Harbiy orkestr tomonidan ijro etilgan vatanparvarlik ruhidagi kuy va qo‘shiqlar esa tadbirga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.  

Tadbir doirasida harbiy qism tomonidan internatga moddiy yordam ko‘rsatilib, sovg‘a va zarur o‘quv-uslubiy jihozlar topshirildi.

Dovud Abibullayev,

O‘zA muxbiri