Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Maktab-internat o‘quvchilari ekskursiyaga chiqishdi
16:17 / 2025-12-25

Sirdaryo viloyati Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash boshqarmasida vatanparvarlik oyligi doirasida maktab-internat o‘quvchilari uchun “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi.

Tadbirning asosiy maqsadi yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘usini mustahkamlash, milliy armiya faoliyati to‘g‘risida amaliy tasavvur hosil qilish va harbiy xizmatning mazmun-mohiyatini yoritib berishdan iborat bo‘ldi.

Ekskursiya maktab-internatning chora-tadbirlar rejasi asosida Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik (CHQBT) fani o‘qituvchisi A. Ahmedov rahbarligida amalga oshirildi. O‘quvchilar boshqarma binosi, xizmat xonalari va harbiylar faoliyati bilan bevosita tanishdilar.

Tadbir davomida ishtirokchilar Milliy gvardiya tizimining vazifalari, harbiy xizmatchilarning kundalik faoliyati, jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlashdagi mas’uliyatli burchlari to‘g‘risida atroflicha ma’lumot oldilar. Shu bilan birga, ularga zamonaviy harbiy texnika, maxsus jihozlar va xizmatda qo‘llaniladigan vositalar namoyish etildi.

Ekskursiya o‘quvchilarda katta taassurot qoldirdi. Ular harbiy xizmat intizomi, qo‘riqlash vazifalarining amaliy hujjatlanishi va Vatan himoyasiga oid bilimlar bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘lishdi.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri