Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Maktab direktorlari faoliyatini litsenziyalash: tajriba o‘rganish Yaponiyadan boshlandi
19:56 / 2022-05-14

A.Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti rahbariyati va Yaponiya raqamli universitetining Yaponiyadagi ta’sischi tashkiloti bo‘lim boshlig‘i Gyoda Yoshihiro hamda Tsukuba universitetining yetakchi rahbarlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda Xalq ta’limi tizimini 2022-2026 yillarda rivojlantirishning milliy dasturida belgilangan vazifalar, jumladan, pedagoglarni tayyorlash tizimini takomillashtirish, aniq va tabiiy fanlar kesimida baholash instrumentlarini, pedagoglarning zaxira bazasini yaratish, umumta’lim maktab direktorlarini lavozimga tayinlash mexanizmini ishlab chiqish, unda Yaponiya tajribasini qo‘llash kabi masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Yaqin kelajakda maktablar sonining oshib borishi, umumta’lim maktablarni zamonaviy maktablarga aylantirish, bu jarayonda maktab direktori va o‘rinbosarlarining yuqori boshqaruv bilim va ko‘nikmalariga ega bo‘lishining ahamiyatidan kelib chiqib, yaponiyalik hamkorlar bilan umumta’lim maktab direktorlarini lavozimga tayinlash mexanizmini ishlab chiqishda hamkorlik olib borishga kelishildi.

Uchrashuv yakunida loyihani amalga oshirish bo‘yicha amaliy ishlarni boshlash maqsadida may-iyun oylarida maktab direktorlarining faoliyatini yaqindan o‘rganish maqsadida tadqiqot olib borishga kelishib olindi.

O‘zA