Qorako‘l tumanida maktab direktori tomonidan sodir etilgan firibgarlik jinoyati fosh etildi. Bu haqida Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Axborot xizmati ma’lum qildi.
Buxoro viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi. Natijada Qorako‘l tumanidagi umumta’lim maktablaridan birining rahbari, Xo‘jakon mahallasida yashovchi, 1965 yilda tug‘ilgan fuqaro J.F. o‘z xizmat mavqeidan foydalanadi.
Ma’lum bo‘lishicha, boshqa fuqarolar B.M. ismli erkakni maktab qoruvuli, N.S. ismli ayolni farrosh vazifasiga ishga qabul qilganligi evaziga ushbu maktab xo‘jalik ishlari bo‘yicha mudirasi fuqaro X.G. orqali ularning bir oylik maoshlari miqdoriga teng kimyoviy ishlov berilgan 900.000 so‘m pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Zarif Komilov, O‘zA