Maktab bitiruvchilari davlat imtihoni baholari bilan oliy o‘quv yurtlariga kirishi mumkin(mi?)
Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasiga ko‘ra, 48 ta maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish bo‘yicha aniq mexanizmlar belgilangan.
Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasiga ko‘ra, 48 ta maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish bo‘yicha aniq mexanizmlar belgilangan.
Mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasida videomuloqot o‘tkazildi. Davlat inspeksiyasi rahbari U.Tashkenbaev, xalqaro testolog ekspert Mark Zelman va boshqalar testologiya markazi va milliy testologlar reestrini shakllantirish masalasini muhokama qildi.
Xalqaro testolog ekspert Mark Zelman testologiya markazining tuzilmasini shakllantirish, bunda xalqaro tajriba jumladan, EST va boshqa jahonning mashhur testologiya markazlari faoliyati misolida tushuntirdi. Bu kabi markazlarni tashkil etish uchun yetarli tajribaga ega testologlar jamoasini shakllantirish eng dolzarb muammolardan biri ekanligini qayd etdi.
Testologiyaning asl mohiyati o‘quvchilar bilimining darslik va adabiyotlarda berilgan kontentga mosligi emas, balki ular o‘zlashtirgan bilimlarning hayotiy vaziyatlarga qanchalik qo‘llay olish ko‘nikmalarining shakllanganligini baholashga qaratilishi kerakligiga urg‘u beriladi. Bu esa o‘z navbatida milliy baholash tizimlari hamda xalqaro baholash tadqiqotlari testlarining uyg‘unlashuvini ta’minlash bilan bir qatorda o‘quv standartlari va dastur talablaridan kutilayotgan natijalarga erishish imkonini beradi.
Milliy baholash testlari o‘quvchilar bilimini PISA xalqaro baholash tadqiqotlari orqali aniqlash bilan bir qatorda ishtirokchilarning kelgusida qanday kasb va sohalarga ko‘proq jalb qilish mumkinligini ham belgilashi ham juda muhim masala. Testologlar maktablarda davlat imtihonlari tarzida o‘tkazilgan test sinovlari bitiruvchilar uchun oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlari o‘rnida qabul qilinishi xalqaro tajribalar asosida qayd etdi. Bu borada yaqin yillarda biror yangilik bo‘lishi mumkin.