French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Maktab atrofiga foto va video kameralari o‘rnatiladi
18:27 / 2023-11-21

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 20 noyabrdagi farmoniga muvofiq, 2022 yil 4 aprelda qabul qilingan “Avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli ta’minlash va o‘lim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga o‘zgartirish kiritildi.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, hujjatga asosan avtomobil yo‘llari bo‘yida joylashgan maktablar oldida, kamida to‘rt tasmali yo‘llardagi piyodalar o‘tish joylari hamda YTH o‘choqlarida maxsus foto va video kameralar o‘rnatiladi.  

Kameralar belgilangan tezlikni oshirish, piyodalarni o‘tkazmaslik va belgilanmagan joylarda yo‘llarni kesib o‘tish holatlarini qayd etadi.    

Roman BONDARCHUK tayyorladi, O‘zA.