French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Maksim Shin Turkiyada bosh sovrinni ko‘zlamoqda
09:55 / 2024-05-14

Turkiyada Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan M15 toifasida o‘tkazilayotgan xalqaro turnirda hamyurtimiz Maksim Shin muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.

Turnirning saralash bosqichida Maksim dastlab ispaniyalik Luka Elguyera Kasadoni 2:6, 6:4, 10:7, ikkinchi davrada neytral sportchi Igor Kochenkovni 6:1, 6:2 hisobida yengdi. Maksim endi asosiy to‘r yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun germaniyalik Karlo Kubelik bilan kuch sinashadi.  

Mazkur bahsda Maksim Shin g‘alaba qozonadigan bo‘lsa, sovrin jamg‘armasi 15 ming AQSH dollarini tashkil etuvchi musobaqaning asosiy to‘r bahslari birinchi davrasiga chiqadi va bosh sovrin uchun kurashni davom ettiradi.  

 

Javohir Toshxo‘jayev,  

O‘zA