Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 31 iyul -7 avgust kunlari Gruziya poytaxtida erkaklar o‘rtasida ITF Tbilisi Open tennis turniri o‘tkazilib, unda tennischimiz Maksim Shin saralash bosqichi finaliga chiqdi.
1 avgust kuni Maksim Shin barcha saralash o‘yinlarida g‘alaba qozonib, asosiy to‘r bahslariga yo‘llanma oldi. U asosiy turnirda jahon reytingida yuqori o‘rinni egallab, avtomatik tarzda asosiy to‘rga chiqqan boshqa tennischimiz Humoyun Sultonov bilan bahs olib boradi. Shuningdek, ushbu turnirda avtomatik ravishda asosiy to‘rga chiqqan "ATP Challenger Nur-Sultan 2022" turniri g‘olibi Sergey Fomin ham ishtirok etmoqda.
Tennis bo‘yicha ITF Tbilisi Open turnirining sovrin jamg‘armasi 25000 AQSH dollarini tashkil etadi.
Tennischilarimizga omad tilab qolamiz!
“O‘zmilliybank” AJ O‘zbekiston Tennis federatsiyasining bosh homiysi bo‘lib, mamlakatimizda ushbu sport turini rivojlantirishga katta hissa qo‘shib kelmoqda.
“O‘zmilliybank” AJ
Matbuot xizmati