Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Makronning tejamkorlik tashabbusi noroziliklarga sabab bo‘lmoqda
11:30 / 2025-09-19

Fransiyada “Hammasini to‘sib qo‘y!” aksiyasi doirasida 1 milliondan ortiq odam norozilik namoyishlariga chiqdi, deb xabar bermoqda “DW” nashri.

Namoyishchilar prezident Emmanuel Makronning davlat xarajatlarini qisqartirish rejasiga qarshi sifatida payshanba kuni butun mamlakat bo‘ylab blokadalar uyushtirdi.

Politsiya Parij va Marselda namoyishlarni tarqatish uchun ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatgan va xavfsizlikni ta’minlash maqsadida 80 mingga yaqin zobitlarni joylashtirdi.

– Maqsadimiz hukumatga biz bu yerda ekanligimizni, telbalardek soliqqa tortilishdan to‘yganimizni ko‘rsatishdir, -dedi chiqindi mashinasi haydovchisi Samuel Gallard.

Bu kabi norozilik aksiyalari o‘lkaning o‘sib borayotgan kamomad va qarzlarini kamaytirish uchun parlament orqali qisqartirishlarni qo‘llab-quvvatlash vazifasi yuklangan yangi bosh vazir Sebastyan Lekornu uchun muhim sinovdir.

Asosan, tezyurar poyezdlar harakatlanayotgan bo‘lsa-da, mintaqaviy xizmatlar va Parij metrosi sezilarli uzilishlarga duch keldi. 

Kasaba uyushmalariMakronning 2023 yilda nafaqa yoshini 62 dan 64 ga ko‘targan pensiya islohotini qoralashda davom etmoqda. 

O‘.Alimov, O‘zA