English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Makron: Yevropaning “uyg‘onish” vaqti keldi
16:13 / 2026-02-10

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Yevropa Ittifoqi oldida turgan asosiy vazifa mustaqil va to‘laqonli geosiyosiy kuchga aylanish ekanini ta’kidladi. 

Bu haqda “Italpess” nashri xabar berdi. Qayd etilishicha, fransuz yetakchisi4 ta yo‘nalishdan iborat Yevropa modelini taklif etgan. Unga ko‘ra, birinchi navbatda yagona bozorni to‘liq ishlatish va ma’muriy to‘siqlarni qisqartirish zarur. 

Ikkinchidan, tashqi savdoni diversifikatsiya qilish va so‘nggi yillarda shakllangan xavfli qaramliklarni kamaytirish lozim. 

– Buning uchun Yevropa sanoat salohiyatini qayta tiklash, yevroning xalqaro rolini kuchaytirish, jumladan, raqamli yevro va yevro asosidagi steyblkoynlarni rivojlantirish zarur, - dedi u.

Uchinchi yo‘nalish sifatida Makron yevropaliklarning ustuvorlik tamoyilini ilgari surdi. Uning fikricha, avtomobilsozlik, kimyo, metallurgiya va mudofaa kabi strategik sohalarga yevropaliklar alohida ahamiyat qaratishi kerak. To‘rtinchi yo‘nalish sifatida u innovatsiyaga sarmoya kiritishni ta’kidlagan.

D.Hakimov, O‘zA