Makron: Yevropa uchun arzon energiya davri 2022-yilda tugagandi
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Yevropa mamlakatlari uchun Rossiyaning arzon energiyasi davri 2022-yildayoq tugaganini aytib, unga qaytishning iloji yo‘qligi ma’lum qildi.
U shuningdek, Xitoy Yevropa mamlakatlari uchun asosiy eksport bozori bo‘lgan davr ham tugagan degan fikrni inkor etmadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 2025-yil Yevropaning asosiy eksport iqtisodiyoti bo‘lgan Germaniya Xitoy bilan savdo defitsitini qayd etadigan birinchi yil bo‘ladi.
Makron shuningdek, Qo‘shma Shtatlar hozirda savdo tariflarini joriy qilish orqali Yevropa mamlakatlariga bosim o‘tkazayotganini alohida ta’kidladi.
S.Rahimov, O‘zA