French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Makron: Yevropa Ikkinchi jahon urushidan keyingi eng jiddiy tahdidga duch keldi
11:55 / 2025-07-14

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Yevropa erkinligi Ikkinchi jahon urushidan buyon eng yirik xavf ostida qolayotganini aytib, mamlakat mudofaa byudjetini sezilarli oshirish taklifini ilgari surdi.

Parijda harbiy kuchlar qarshisida qilgan ma’ruzasida u jumladan shunday dedi:

– Hozir geosiyosiy jihatdan o‘ta murakkab davrda yashayapmiz. Biz 2025 yil mudofaa xarajatini 3,5 milliard yevroga yetkazish, 2027 yilga borib yana 3 milliard yevro ko‘paytirishni rejalashtirdik. 2017 yil 32 milliard yevro bo‘lgan byudjet ikki yil ichida 64 milliard yevroga yetkaziladi. Faqat bu reja hali hukumat tomonidan tasdiqlanishi kerak.

Makron dunyoda yadro kuchlari faollashuvi va yirik mojarolar ko‘payishini xavotir bilan tilga oldi. Bundan tashqari AQSHning Ukrainaga nisbatan siyosatidagi beqarorlik, Eron – Pokiston ziddiyatiga ham e’tibor qaratdi.

Ma’lumki, yaqinda NATO mamlakatlari mudofaa xarajatini yalpi ichki mahsulotning 5 foiziga yetkazishga kelishib oldi. Buyuk Britaniya ham yangi mudofaa strategiyasini e’lon qildi.

Fransiya armiyasi bosh qo‘mondoni Terri Burkar Rossiya Fransiyani Yevropadagi asosiy raqib deb bilishini aytib, Ukraina bilan urush Yevropa davlatlarining kelajakdagi mavqeini belgilashiga e’tibor qaratdi.

Musulmon Ziyo, O‘zA