Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron kecha kechqurun mudofaa vaziri Sebasten Lekornyuni mamlakatning yangi Bosh vaziri etib tayinladi.
Xabaringiz bor, hukumatning sobiq rahbari Fransua Bayru ishonch ovozini yo‘qotdi. Uning 2026 yilga mo‘ljallangan byudjet rejasi, jumladan xarajatni 44 milliard yevrogacha qisqartirish va ikki davlat bayramini bekor qilish takliflari parlamentda keskin tanqidga uchradi.
Bayru boshqaruvi davrida byudjet tanqisligi yalpi ichki mahsulotning 5,8 foiziga yetdi, davlat qarzi 3,3 trillion yevrodan oshib ketdi.
Xullas, Fransua fransuzlar ishonchini oqlay olmadi. Buning ustiga mamlakatdagi iqtisodiy beqarorlik sabab aholida norozilik ortdi.
Yangi tayinlangan 39 yoshli Sebasten Lekornyu Makron hukumatining tajribali a’zosi hisoblanadi. Mazkur tayinlov orqali moliyaviy islohot jarayonida siyosiy barqarorlikni ta’minlash maqsad qilingan.
Tabiiyki, ayni qaror o‘zini qay darajada oqlashi yangi Bosh vazirning amaliy ishlariga bog‘liq.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/56vs7ZVJrFs" title="Makron yangi Bosh vazir tayinladi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>K.Bekjonov, O‘zA